Mana Urganch tumanidagi 45-IDUMIning 11-sinf bitiruvchisi Barchinoy Sotliqova oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida berilgan test savollarini 100 foiz (!) echib, 189 ballni qo'lga kiritdi. Dastlabki natijalarga ko'ra, mamlakatimizning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalarida grant asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu hali hammasi emas. Barchinoy Prezident stipendiyasi nomzodlari qatoriga ham qo'shildi.
Mana u kirgan oliy ta'lim muassasalari ro'yxati:
✅Urganch davlat universitetiga 1-grant;
✅Navoiy davlat pedagogika institutiga 1-grant;
✅Toshkent davlat pedagogika universitetiga 4-grant;
✅Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga 5-grant;
✅CHirchiq davlat pedagogika institutiga 5-grant.
Otangga rahmat, Barchinoy! Kiyimiyu cho'ntagiga telefon, shpargalka yashirib, DTM kuzatuvchilarini halak qilayotgan tengqurlaring sendan o'rnak olsin!