Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar belgilandi

    Ta'lim 22 Sentabr 2025 1159

    Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi.

    Unga koʻra:

    • bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;
    • kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;
    • respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;
    • Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qoʻshimcha grant va toʻlov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

    Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

    Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.