Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, shu kuni soat 00:00 dan soat 07:00 ga qadar quyidagi koʻchalarda transport vositalari harakati toʻxtatiladi:

Olmazor tumani:

  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasining Abdulla Qodiriy koʻchasidan Nurafshon koʻchasigacha boʻlgan qismi.

Chilonzor tumani:

  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yoʻlining Muqimiy koʻchasidan Baynalmilal koʻchasigacha boʻlgan qismi;

  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalliota koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan A.Toʻqay koʻchasigacha boʻlgan qismi;

Shayxontohur tumani:

  • “Xoʻja Alambardor” masjidi oldidagi Kamolon koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Kattabogʻ 6-tor koʻchasigacha boʻlgan qismi;

  • “Shayx Zayniddin” masjidi odidagi Koʻkcha darboza koʻchasining Nurafshon koʻchasidan Beshqayrogʻoch koʻchasigacha boʻlgan qismi.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasining Sh.Rashidov koʻchasidan Koʻrgazma koʻchasigacha boʻlgan qismi;

  • “Mirza Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasining A.Temur shohkoʻchasidan Bodomzor yoʻli koʻchasigacha boʻlgan qismi.

Yakkasaroy tumani:

  • “Usmon bin Mazʼun” masjidi oldidagi KXAY koʻchasining Qushbegi koʻchasidan Choʻpon ota koʻchasigacha boʻlgan qismi.

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasining Tolimarjon koʻchasidan A.Fitrat koʻchasigacha boʻlgan qismi.

Sharoit taqazo etganda Toshkentdagi boshqa jome masjidlari atrofidagi koʻchalar ham qisman yopilishi mumkinligi eslatildi.