ACWA Power kompaniyasi Toshkent viloyatida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh elektr stansiyasini quradi

    Energetika 5 Mart 2023 2059

    Joriy yil 4-martda Toshkent shahrida Toshkent viloyatida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh elektr stansiyasini qurish ishlarini boshlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Erishilgan kelishuvlarga muvofiq Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi,

    ishga tushiradi, 25 yil davomida foydalanadi va boshqaradi.

    Tadbir doirasida, shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi oʻrtasida Samarqand viloyatida quvvati 1 000 MVt, Toshkent viloyatida quvvati 400 MVtli quyosh

    elektr stansiyalarini hamda 1 200 MVt quvvatga ega avtonom elektr tokini jamlovchi batareyasini qurish boʻyicha Investitsiyaviy bitimlari imzolandi, deb xabar beradi Investitsiyalar,

    sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Loyihalarni hayotga joriy etish natijasida erishiladigan qator iqtisodiy yutuqlar

    tilga olindi. Jumladan, qurilish vaqtida 3 000 dan ortiq va stansiyalardan foydalanish jarayonida 300 dan ortiq yangi ish

    oʻrinlari yaratiladi, yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi

    va 1 milliard kub/metr miqdorida tabiiy gaz tejaladi.

    Maʼlumot uchun: ACWA Power kompaniyasi elektr stansiyalari, shuningdek, suvni chuchuklashtirish zavodlarini loyihalash, qurish, moliyalashtirish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Xodimlar soni

    taxminan 3 500 kishidan iborat. Kompaniya Yaqin Sharq, Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi 12 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritib keladi. ACWA Power portfeliga 38,7 GVt dan ortiq

    ishlab chiqarish quvvatiga ega obyektlar kiradi.