Germaniyaning Lambert nashriyoti taklifiga koʻra Samarqand davlat chet tillar institutining ilmiy tadqiqotchisi Rustamova Adash Eshanqulovnaning “The Main Concepts of Teaching English Pronunciation in Kindergartens” nomli monografiyasi ingliz, rus, nemis, ispan, fransuz, portugal, italyan, polyak kabi tillarga tarjima qilinib, nashr etildi.

Hozirda ushbu monografiya dunyo boʻylab sotuvga qoʻyildi. Tadqiqotchi ayni damda “Maktabgacha yoshdagi bolalarda chet tilini oʻqitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

Monografiyada dunyo davlatlari va Oʻzbekistonda maktabgacha taʻlimda chet tilini oʻqitishda talaffuzni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy usullari va vositalari xususida keng hamda aniq maʻlumotlar berilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.