Taniqli adib va publitsist Mamatqul Hazratqulovning yangi kitobiga jamlangan hikoya, qissa va esselari kitobxonni ana shunday mangu savollarga javob izlashga chorlaydi. Javoblarni esa har kim oʻzicha, har xil topadi, albatta.

“Gladiolus” – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibi Mamatqul Hazratqulovning nasriy asarlaridan jamlangan ajoyib guldasta — ahli mutolaani befarq qoldirmasligiga ishonamiz. Kitob Yozuvchilar uyushmasining “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan.

Manzura Shams