Adir yerlarda kamida 500 gektar issiqxona massivlari tashkil etiladi

    Agrosektor 18 Iyun 2021 2325

    Andijon faollari yigʻilishida viloyatdagi oʻzlashtirilmagan adir yerlarda kamida 500 gektar issiqxona massivlarini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

    Ushbu yerlarni oʻzlashtirish, infratuzilma, issiqxonalarni qurish va ularni aholiga kredit asosida berish uchun 400 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

    Viloyat hokimligiga 1-oktyabrga qadar issiqxonalarni qurib, aholiga 10-15 sotixdan ajratish hamda ularga mahsulot uchun buyurtma beradigan va sotib oladigan eksportyorlarni biriktirish vazifasi topshirildi.

    – Kecha biz borib koʻrgan Paxtaobod tumanidagi “Mega agro” innovatsion korxonasining eksportbop mahsulot yetishtirish tajribasini boshqa tumanlarda ham keng joriy etish zarur. Kelgusi yilda ushbu korxona tomonidan issiqxona uskunalari ishlab chiqarishni toʻliq mahalliylashtirish choralarini koʻrish kerak, – dedi davlatimiz rahbari.