Uchrashuvda yoshlarning qonunchilikda belgilab qo'yilgan huquq va imkoniyatlari, sohani rivojlantirish bo'yicha g'oyalar, fikrlar va takliflar bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tadi.

Uchrashuvda huquq sohasiga qiziqishi bo'lgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qo'llash amaliyoti, huquqiy targ'ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funktsiyalar bilan yaqindan tanishtiriladi. Shuningdek, huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo'lgan yoshlar eshitiladi. 
 
Adliya vazirligi huquq sohasiga qiziqishi bo'lgan talaba yoshlarni adliya vaziri bilan uchrashuvda taklif etadi.
 
Muloqotda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish kerak. Muddat 2021 yil 27 dekabr` soat 9:00 ga qadar.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://bit.ly/3qpgK68

Adliya vazirligi axborot xizmati