D. Xudjanov 07.07.1985-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2008-yilda Toshkent Davlat yuridik institutining bakalavr, 2010-yilda Magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 2010-2012-yillarda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining yetakchi mutaxassisi lavozimidan bolab, 2018-2021-yillarda Intellektual mulk agentligining Intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Intellektual mulk agentligi jamoasi D. Xudjanovni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Mazkur boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-sonli Qaroriga binoan tashkil etilgan.