Yangi elektron dastur quyidagi imkoniyatlarga ega:

➖ tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar maʼlumotlarini yagona elektron bazaga birlashtirildi, axborotni toʻplash va ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirildi;

➖barcha buyruqlar, shartnomalar va arizalar faqat tizim orqali elektron ravishda qabul qilinadi;

➖xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishi, yaʼni ishga kelish va ketishi yuzni tanib olish texnologiyasi orqali (Face ID) toʻliq nazorat qiladi;

➖vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va natijalari boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirishgacha toʻliq elektron amalga oshirish imkoni mavjud (www.vacancy.adliya.uz);

➖martaba daraja, xizmat guvohnoma yoki ruxsatnoma, ragʻbatlantirish yoki mukofotlar, koʻllanilgan jazo choralari, antropometrik koʻrsatgichlar, xizmat safari, tibbiyot varaqasi, kadrlar zaxirasi, mehnat daftarchalari, xizmat tekshiruvlar, oylik ustama haq miqdorlari, telefon raqamlar va elektron pochta manzillari haqidagi maʼlumotlarni roʻyxatga olish jurnallari bekor qilinib, ularni faqat tizim orqali elektron ravishda yuritish yoʻlga qoʻyildi;

➖boshqa vazirlik tizimidagi elektron maʼlumot bazalari bilan integratsiya qilinishi taʼminlandi;

➖xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash (KPI) va masofaviy oʻqitish tizimi joriy qilindi. Vazirlik tizimida kadrlar boʻyicha tahlillar Big Data (katta axborot) tamoyili ishlay boshladi.

Natijada byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyiladi, inson omili minimal darajaga tushadi. Qogʻoz uchun xarajat tejaladi (yiliga 600 mln). Hujjatlarni rasmiylashtirish, maʼlumot tayyorlash va boshqa ishlarga ketadigan vaqt keskin optimallashadi (kuniga 3-4 soat).

Adliya vazirligining “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimi mualliflik huquqi sifatida Intellektal mulk agentligidan rasmiy roʻyxatdan oʻtkazildi va belgilangan shakldagi guvohnoma olindi.