Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Oyliklar doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlar OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

Tadbirkor ayollarga huquqiy koʻmak berish uchun Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hamkorlik memorandumini imzolash;

Masofadan bepul mavzuli kurslarni tashkil etish elektron tizimida (kurslar.huquqiyportal.uz) ayollar huquqiga oid bepul onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish;

“Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha umummilliy imtihonini oʻtkazish;

Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.