Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda avvalida Akbar Toshqulov mehmonlarga so‘nggi yillar davomida mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ularning hayotga tadbiq etilishida Adliya vazirligi o‘rni haqidagi maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi.
Munir Mamedzade, o‘z navbatida, ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholar ekan, YUNISEF vakolatxonasi vazirlikning kelgusidagi faoliyatida, xususan, 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishida o‘z mandati doirasida yaqindan texnik ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirlar haqida atroflicha fikr almashilgani barobarida huquq va adliya sohasida o‘zaro istiqbolli hamkorlikni yana-da jadallashtirishga kelishib olindi.