Ushbu buyruq bilan quyidagilar:

Bitiruvchilarga yo'llanma berish bo'yicha tanlovni tashkil etish va o'tkazish;

bitiruvchilar maxsus komissiyaga yo'llanma berishni so'rab onlayn platforma orqali murojaat qilish;

tanlov natijalari bo'yicha berilgan apellatsiya berish va uni ko'rib chiqish;

bitiruvchilarning yo'llanma olish uchun minimal talablarni tasdiqlovchi hujjatlarini 100 ballik tizimda baholash mezonlari;

avtomatik ravishda onlayn platforma orqali oliy ta'lim tashkilotlari kesimida taqsimlash kabi bir qator tartiblar belgilangdi;

Yo'llanmalar quyidagi minimal talablarni bajargan bitiruvchilarga beriladi:

kunduzgi ta'lim shaklida o'qigan bitiruvchilar:

har bir fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichi reyting natijalari bo'yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi;

chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;

ma'naviy-ma'rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi;

ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi;

sirtqi yoki masofaviy ta'lim shakllarida o'qigan bitiruvchilar:

 umumiy o'zlashtirish ko'rsatkich reyting natijalari bo'yicha 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak;

chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi;

ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi