Adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi tegishli buyrugʻi bilan yuridik texnikumlarning bilimli va iqtidorli oʻquvchi-yoshlarini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish, olimpiada ishtirokchilariga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, yosh olimlar va pedagog xodimlarni jalb qilgan holda “ustoz-shogird” anʼanalarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Huquqiy fanlar olimpiadasi” oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu buyruq bilan yuridik texnikumlar oʻquvchilarning nazariy bilimlarini yuridik amaliyot bilan bogʻlash koʻnikmasini shakllantirish, oʻquvchilarning sudda nutq soʻzlash qobiliyatini rivojlantirish, oʻquvchilarda jamoada ishlash qobiliyatini, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirish, oʻquvchilarda kasb etika va umumiy kasbiy-huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.

Mazkur qabul qilingan nizomlar yuridik texnikumlar oʻquvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirish va huquqshunoslik sohasiga boʻlgan qizishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.