Test sinovlari:

1-smenada soat 07:00 dan 09:00 gacha;

2-smenada soat 18:00 dan 20:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani texnikum.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Test sinovlari tarix va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan oʻtkaziladi.

Talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 40 ta test topshirigʻi va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 126 ball boʻlib, tarix fani boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun 3,15 balldan (jami 63 ball), chet tili fani boʻyicha esa 3,15 balldan (jami 63 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 26-avgust kuni 09:00 dan boshlab DTMning texnikum.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Test sinovlari hududlardagi quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida: Nukus shahridagi Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan BOʻSM tennis korti, 1-sektor;

Andijon viloyatida: Andijon shahridagi Sport oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan BOʻSM stadioni, 3-sektor;

Namangan viloyatida: Namangan shahridagi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi “Dinamo” stadioni;

Fargʻona viloyatida: Fargʻona shahridagi Fargʻona davlat universiteti stadioni;

Buxoro viloyatida: Buxoro shahridagi “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyatida: Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi, 1-sektor;

Surxondaryo viloyatida: Termiz shahridagi Alpomish oʻyingohi;

Qashqadaryo viloyatida: Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni, 2-sektor;

Jizzax viloyatida: Jizzax shahridagi “Soʻgʻdiyona” markaziy oʻyingohi sunʼiy qoplamali mashgʻulot maydoni;

Navoiy viloyatida: Navoiy shahridagi “Kimyogar” oʻyingohi;

Samarqand viloyatida: Samarqand shahridagi 2-BOʻSM futbol maydoni;

Sirdaryo viloyatida: Guliston shahridagi markaziy oʻyingoh, 1-sektor;

Toshkent shahrida: Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻi, 2-sektor;

Toshkent shahrida: Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻi, 3-sektor;

Toshkent shahrida: Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻi, 4-sektor;

Toshkent shahrida: Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻi, 2-sektor;

Toshkent shahrida: Chilonzor tumanidagi Bunyodkor futbol klubi, 1-sektor;

Toshkent shahrida: Chilonzor tumanidagi Bunyodkor futbol klubi, 2-sektor.