Adliya vazirligining aralashuvi bilan fuqaroga asossiz hisoblangan qarzdorlik hal etildi

    Ijtimoiy hayot 23 Sentabr 2021 673

    Adliya vazirigi tomonidan fuqaro X.A.V.ning Toshkent viloyat “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Qibray tuman boʻlimi tomonidan asossiz ravishda unga 1,9 mln soʻmdan ortiq qarzdorlik belgilanganligi va boʻlim xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligi haqidagi murojaati koʻrib chiqildi.

    Oʻrganish jarayonida belgilangan tartibda fuqaroning xonadoniga oʻrnatilgan suv hisoblagich boʻyicha fuqaro X.A.V. ortigʻi bilan toʻlanganligi va unga “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Qibray tuman boʻlimi tomonidan hisoblangan qarzdorlik asossizligi aniqlangan.

    Koʻrilgan choralar natijasida fuqaro X.A.V.ga asossiz ravishda hisoblangan 1,9 mln. soʻmdan ortiq qarzdorlik olib tashlangan va bu holat yuzasidan oʻz ishiga sovuqqonlik bilan qaragan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Qibray tuman boʻlimining 3 nafar masʼul xodimlarga nisbatan boʻlim tomonidan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.