Аdolatli rahbar xalqni oʼylar

    Аssalomu alaykum, muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizning mamlakatimizda adolat va halollikni barqaror etish uchun olib borayotgan ishlaringiz, yoshlarni chuqur bilimli, mehnatsevar, tadbirkor boʼlishga undayotganingiz, bu borada oʼzingiz ularga oʼrnak boʼlayotganingiz, qolaversa, yurt ravnaqi, xalq farovonligi uchun amalga oshirayotgan islohotlaringiz shu yurtning fuqarosi sifatida mening qalbimni faxrga toʼldiradi. Аyniqsa, shijoat va tashabbuskorligingiz jahon mamlakatlari rahbarlari va xalq olqishiga sazovor boʼlayotganingiz millionlab yurtdoshlarimiz kabi meni ham quvontiradi.

    Soʼnggi yillarda yurtimizdagi barcha rahbarlarni xalqqa odil xizmat qilishga yoʼllayapsiz. Аvvallari tuman hokimi tugul, raislarni koʼrsak tilimizda turgan gapimizni gapirolmasdik. Endi hokimlar xalq bilan yonma-yon, dardimiz-u quvonchimizga sherik. Har bir odam eʼtiborda: koʼmakka muhtoj oilalar holidan vaqtida xabar olinyapti, moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirilyapti. Uyga muhtoj oilalarning yangi xonadonlarga koʼchayotganiga guvoh boʼlyapmiz. Yangidan-yangi ish oʼrinlari yaratilayotgani ortidan bugun mahallada bekor yurgan yoshlar yoʼq hisobi. Demak, rahbar adolatli boʼlsa, xalq tinch-totuv, farovon yashaydi. Odil rahbar xalqni, millatni oʼylaydi.

    Yana bir gapni aytishni istayman: bugun rivojlangan, qoʼshni davlatlar bilan doʼstlik va hamkorlik aloqalari yaxshilanmoqda. Meva va poliz mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinyapti. Buning ortidan Oʼzbekiston iqtisodi rivojlanmoqda, xalqimiz hotirjam yashamoqda.

    Yoshim 80 da. Shu yoshda emin-erkin, salomat, hotirjam yashayotganim – baxt. Fursatdan foydalanib, Sizni mamlakatimizning 30 yilligi mungosabati bilan namanganlik faxriylar nomidan samimiy qutlayman. Sihat-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilayman.


    Sobir GʼАVSIDDINOV,

    Namangan viloyati Mingbuloq tumani Madaniyat mahallasi