Qashqadaryolik psixolog qiz Prezidentga minnatdorchilik maktubini yoʻlladi

    Keyingi avlod 1 Iyul 2021 1418

    Prezidentimizning 2020-yil noyabr oyidagi viloyatimizga tashrifi davomida voha yoshlari bilan ham uchrashib, ularni rejalari bilan oʻrtoqlashgan edi.

    Shuningdek, psixolog qiz Shohida Joʻrayevaga 2 xonali uy sovgʻa qilishini aytgandi. Shohida oilasi bilan “Yoshlar kuni” arafasida zamonaviy xonadonga koʻchib oʻtdi va Prezidentga oʻz dil soʻzlari va minnatdorchiligi bitilgan maktubini yoʻlladi.

    Assalomu alaykum, Hurmatli Prezidentim! Men qashqadaryolik yosh shoira va psixolog qizingiz Shohida Joʻrayevaman.

    12-13-noyabr sanalarida Qashqadaryoga qilgan tashrifingiz chogʻida siz bilan uchrashishga va oʻz “Yoshlar psixologik markazi” ochish taklifimni aytish baxtiga muyassar boʻldim. Hozirda ushbu markaz sizning qoʻllab-quvvatlashingiz ila Qashqadaryoda tajriba sifatida amalga oshirilmoqda.

    Bu hayotda oila va uning tinchligidan muhimroq narsa yoʻqligiga koʻp marotaba amin boʻlganman. Suygan insonlarim yonimda yurishlari, yurtim tinchligi men uchun baxt. Siz uchrashuv davomida menga uy sovgʻa qilib, uni olgach noma yoʻllashimni taʼkidlagan edingiz.

    Bugun shu kunlar keldi. Qarshi shahar hokimi sizning topshirigʻingizga koʻra Qarshi shahridagi “Navo” massividagi koʻp qavatli uylardan birini Prezident sovgʻasi sifatida menga xadya etdi. Buning uchun sizga cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hurmatli Prezidentim ushbu uyning ilk mehmoni oʻzingiz boʻlishingizni “Xalq bilan” loyihasi doirasida uyimizga tashrif buyurishingizni juda-juda xohlardim.

    Hurmat bilan sizni kutib qoluvchi qashqadaryolik qizingiz Shohida.

    Prezidentimizning 2020-yil noyabr oyidagi viloyatimizga tashrifi davomida voha yoshlari bilan ham uchrashib, ularni rejalari bilan oʻrtoqlashgan edi.