Aviakompaniya Airbus A320 rusumli havo kemasida 2-noyabrda tong paytida Sankt-Peterburg—Namangan yoʻnalishida 155 nafar yoʻlovchini gullar shahriga yetkazdi.
Oradan ikki soat oʻtib, mazkur samolyot 157 nafar yoʻlovchi bilan Namangan—Sankt-Peterburg yoʻnalishida uchib ketdi.
“Aeroflot” haftasiga ikki kun — seshanba va juma kunlari Sankt-Peterburg—Namangan—Sankt-Peterburg yoʻnalishida parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirgan, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.