Qayd etilishicha, firibgar fuqaroning ishonchiga kirib uni I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming AQSH dollari soʻragan.
Pulni olayotgan vaqtda Toshkent viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangan R.M aeroport xodimi boʻlib chiqdi. Oʻzbekistonning havo koridori, ostonasi boʻlgan dargohga ishga talpinish yaxshi xislat. Biroq, buzuq niyat orqali, oʻz tartibi bilan emas, pora hisobiga ishga kiraman deb oʻylash notoʻgʻri.
Aeroport xodimi qamoqda, unga jinoyat ishi ochilgan. Jabrlanuvchi ham oʻz navbatida nima uchun bunday yoʻlni tanlaganini sudga tushuntirib berishi kerak boʻladi.