Eʼtiborlisi, bu haqda afgʻonistonlik ishbilarmonlar ham xabar topishibdi. Natijada bugun qoʻshni davlat investorlari – Usmani Abdul Qudduz, Sarvari Gulam Gʻuzor tumani hokimi bilan uchrashishdi.

Hokimlikka koʻra, muzokaralar natijasida Gʻuzorda “BOUSTAN SABZ” MCHJ deb nomlangan yangi xorijiy korxona ish boshlaydigan boʻldi.

Shundan soʻng, ushbu xorijiy korxonaga yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish tuman komissiyasi tomonidan intensiv bogʻ uchun 300 gektar yer investorlarga ajratib berildi.

Mazkur bogʻda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari chet davlatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.