FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga koʻra, 22-iyun kuni Afgʻonistonda Toshkent vaqti bilan soat 01:55 da 6,1 balli yer silkinishi sodir boʻldi.
Epitsentr: Toshkentdan 685 km janubiy-sharqda. Yer silkinishi koordinatalari: 35,11 gradus shimoliy kenglik; 68,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 6,1 ballga yetgan.
Yer silkinishining Surxondaryo viloyatida sezilish kuchi 3 ball, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 2 ball. Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.