Loyihaning maqsadi – oʻz yurtlarida taʼlim va ish bilan taʼminlashda erkaklarga qaraganda nomutanosib toʻsiqlarga duch kelayotgan afgʻon ayollari uchun taʼlim olish imkoniyatlarini taqdim qilishdan iborat.

Umuman, Afgʻonistondan kelgan 50 nafar ayol Qozogʻiston va Oʻzbekiston universitetlarini oʻqiydi va bitiradi.

Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million yevro miqdorida grant ajratdi, loyihani BMTTD 2025-yilgacha amalga oshirilishini taʼminlaydi.

“Ayollar oʻz mamalakatlari iqtisodi oʻsishiga asosiy hissa qoʻshuvchilardir. Shunga qaramay, ular taʼlim olish, munosib mehnat va teng maosh olish imkoniyatiga ega boʻlish yoʻlida koʻpincha ijtimoiy toʻsiqlarga duch kelishadi. Malakalari ortishi bilan ayollar xususiy yoki davlat sektorida yuqori darajadagi ish joylariga ega boʻlishlari kutilmoqda, bu ularga oʻz mamlakatlari rivojiga samarali hissa qoʻshishga imkon beradi” — deydi Eduards Stiprais, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi janobi oliylari.

Afgʻonistonlik ayollar Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini oʻrganadilar va oʻqishni tugatgandan soʻng ularga texnik va kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar topshiriladi. Afgʻonistonlik yosh ayollar Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida, Toshkent davlat agrar universiteti koʻmagi ostida, oʻqiydilar.

OOʻMTV ushbu loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatladi. “Oʻzbekiston qoʻshni doʻst Afgʻoniston zaminida tinchlikni qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu jarayonni Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanishga erishish uchun muhim shart deb biladi”, — deydi Oʻktam Salomov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari.

2019-yil oktyabr oyida Afgʻonistonlik ayollarning birinchi guruhi statistika, qishloq xoʻjaligi va togʻ-kon sohalarida taʼlim safarlarini boshlash uchun Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Bu yil esa yana 20 nafar talabaga taʼlim granti beriladi. Ular Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, Qozogʻistonda esa konchilikni oʻrganadilar. Ixtisoslashgan taʼlim olishdan oldin talabalar til kurslarini oʻtashlari kerak boʻladi.

“Gender tengligi hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat insonning asosiy huquqlari, balki mamlakatni rivojlantirish va ravnaq toptirishning oqilona milliy strategiyasidir”, — dedi anjumanga yakun yasar ekan, Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili.