Bu haqda DXX xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Buxoro – Qorakoʻl” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Jentra” rusumli avtotransport vositasi Jondor tumani hududida toʻxtatilib, tekshirildi.
Natijada, Qorakoʻl tumanida yashovchi, 1969-yilda toʻgʻilgan shaxs va 1973-y.t. xorijiy davlat fuqarosi ketayotgan avtomashina salonida sof vazni 4 kg 715 g boʻlgan “opiy” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Maʼlum boʻlishicha, ular ushbu ajal ogʻusini muqaddam narkokurerlar tomonidan Afgʻonistondan kontrabanda qilinib, Buxoro shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olishgan.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatlar sodir etgan shaxslar 10-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.








