Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun “Liverpul” klubi va Misr milliy jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh, “Bavariya”ning senegallik forvardi Sadio Mane, “Chelsi”ning senegallik darvozaboni Eduar Mendi daʼvogarlik qilmoqda.

Gʻolib nomi bugun Marokashning Rabot shahrida boʻlib oʻtadigan tantanali marosimda eʼlon qilinadi.

Saloh 2017 va 2018-yillarda, Mane 2019-yilda ushbu sovrinni qoʻlga kiritgan. 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli qitʼaning eng yaxshi futbolchisi aniqlanmagan.