Hozirda haftada 2 marotaba, ya'ni shanba va yakshanba kunlari harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poezd joriy yilning 13-noyabridan boshlab, haftada 3 marotaba – juma, shanba va yakshanba kunlari yo'lovchilarning uzog'ini yaqin qiladi.
Bundan tashqari, mazkur poezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to'xtab o'tishi yo'lga qo'yiladi.
Ma'lumot o'rnida, reyslar uchun chiptalarni xarid qilishda cheklovlar qo'yilmagan.