Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi yoʻlovchi poyezdlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda turizmni yanada rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratilmoqda.
Shu munosabat bilan xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektrpoyezdlarining ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga koʻchirishi rejalashtirilyapti.
"Afrosiyob" elektropoyezdlari qatnovi jadvalining taklif etilayotgan harakat jadvaliga baho bering.
Misol: Amaldagi jadval: Toshkent – Qarshi ertalab joʻnash vaqti 7:24
Toshkent – Samarqand ertalab joʻnash vaqti 7:47
Toshkent – Buxoro ertalab joʻnash vaqti 8:23
Toshkent – Buxoro ertalab joʻnash vaqti 8:50
Tavsiya etilgan jadval:
Toshkent – Qarshi ertalab joʻnash vaqti 6:24
Toshkent – Samarqand ertalab joʻnash vaqti 6:47
Toshkent – Buxoro ertalab joʻnash vaqti 7:23
Toshkent – Buxoro ertalab joʻnash vaqti 7:50.