“Navroʻz” va Ramazon Hayiti munosabatlari bilan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qatnovchi “Afrosiyob” elektropoyezdi joriy yilning 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31-mart va 1-aprel kunlari qoʻshimcha qatnovni amalga oshiradi.

Bu haqda “Temiryoʻlekspress” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

— 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi:

Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.

— 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi:

Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.