“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

    Navroʻz va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yoʻlga qoʻyiladi.

    Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, qoʻshimcha qatnovlar 20, 25, 31-mart va 1-aprel kunlari amalga oshiriladi.

    Qatnov jadvali quyidagicha:

    • 778-sonli “Toshkent — Buxoro” yoʻnalishi

    Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14

    • 777-sonli “Buxoro — Toshkent” yoʻnalishi

    Buxoro 17:55 — Toshkent 22:08