“Afrosiyob” poyezdi biror yil daromad koʻrib ishlamagani aytildi

    “Oʻzbekiston temiryoʻllari« AJ boshqaruv raisi Zufar Narzullayev Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob” poyezdi 2023-yilda 238 milliard soʻm zarar koʻrgani haqida gapirdi.

    Uning soʻzlariga koʻra, “Afrosiyob” biror yil foyda bilan ishlamagan.


    «Yevropada, umuman, jahon miqyosida tezyurar poyezdlarning chipta narxi samolyot narxidan qimmat turadi... Oddiy poyezdlarning chipta narxi maʼlum bir belgilangan tarif asosida ushlab turiladi«, — deydi Zufar Narzullayev.

    «Oʻzbekiston temiryoʻllari« AJ boshqaruv raisining aytishicha, 2025-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikda yuradigan poyezdlarning chipta narxi xuddi samolyotlarniki kabi oʻzgarib turadi.

    «Bunda poyezd chiptasi narxi talabga qarab, xuddi samolyot chiptasi narxlari kabi oʻzgarib turadigan boʻladi. Qolgan oddiy poyezdlarning chipta narxlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tartibga solinadi«, — deydi «Oʻzbekiston temiryoʻllari« rahbari.