“Afrosiyob” tezyurar poyezdi Kattaqoʻrgʻonga toʻxtab oʻtadi

    Bugun, 10-fevral kuni tezyurar poyezd ilk bor Kattaqoʻrgʻon shahrida toʻxtab, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Bu haqda Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, 2025-yildan Toshkent — Buxoro yoʻnalishidagi tezyurar poyezdlar «Kattaqoʻrgʻon« bekatiga toʻxtab oʻtishi haqida xabar qilingandi.

    Jumladan, soat 8-04 da Toshkent — Kattaqoʻrgʻon va soat 17-26 da Kattaqoʻrgʻon — Toshkent yoʻnalishlari boʻylab amalga oshirilmoqda. Poyezdning ilk yoʻlovchilari Toshkentdan Kattaqoʻrgʻonga qarab yoʻl oldi.