“Afrosiyob”ning Kattaqoʻrgʻon bekati tashkil etiladi

    Shuningdek, “Bulungʻur – Samarqand shahri - Juma – Kattaqoʻrgʻon shahri” yoʻnalishida elektr poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish belgilangan.

    Bu davlatimiz rahbarining 2024-yil 29-noyabrda qabul qilgan “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi”da koʻzda tutilgan.

    Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga 2025-yilda “Afrosiyob” poyezdining “Toshkent – Buxoro” yoʻnalishida Kattaqoʻrgʻon punktiga toʻxtab oʻtishini hamda “Samarqand – Kattaqoʻrgʻon” elektr poyezdi yoʻnalishlarini tashkil etish vazifalari topshirilgan.

    Shuningdek, “Bulungʻur – Samarqand shahri - Juma – Kattaqoʻrgʻon shahri” yoʻnalishida elektr poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poyezd vagonlari olib kelish, oraliq toʻxtash temiryoʻl bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.