Qanday pozitsiya, deb oʻylanayotgan boʻlsangiz kerak. Menimcha, Ichki ishlar vazirligi oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning Tik Tok platformasida – fuqarolarimizning, ayniqsa yoshlarimizni oʻzlariga eʼtibor jalb qilish maqsadida, turli masxaraomuz, odob-axloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarni tartibga solishga jiddiy kirishgan.

Vazirlik tomonidan bildirilgan ushbu ogohlantirish, oʻylaymizki, aksariyat ota-onalarning koʻnglidagi ish boʻldi.

“Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga koʻz yumsangiz, biz bunday axloqsizlikka yoʻl qoʻymaymiz.

Esingizda boʻlsin, farzandingizga ham buni uqtiring, fuqarolarning osoyishtaligini hamda jamiyatda yurish turish qoidalarini buzish — mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.

Ogohlantiramiz! Farzandlaringizni nazorat qiling, yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang.”