Xabaringiz bor, madaniy meros obyekti hisoblangan Abdullaxon madrasasi devorining bir qismi qulab tushgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonnoma berdi.

Bayonnomada aytilishicha, madaniy meros obyekti hisoblangan Abdullaxon madrasasi devorining bir qismi qulab tushganligi holati viloyat prokuraturasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 207-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.