Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi korxonalari rivoji uchun xizmat qiladigan kuchli qonunchilik tizimi barpo etilmoqda, galdagi vazifa esa ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o'rnatishdan iborat.
Prezidentimizning 2019-yil 15-martdagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori aynan shu maqsadda tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi qarori bilan tartibga solinmoqda.
Inspektsiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ham Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi uning shaffofligi bo'yicha ishlarni to'g'ri tashkillashtirmoqdalar. Mamlakatimizda bugungi kunda agrar sohada olib borilayotgan barcha islohatlarda Inspektsiya xodimlari ham o'zlarining samarali mehnatlari bilan faoliyat olib boryapti.
Shuningdek, Inspeksiyada yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qilish ishlari ham yaxshi yo'lga qo'yilgan, Inspeksiyada “Ishonch telefoni” muntazam ravishda ishlab turibdi, unga tushgan murojaatlar esa joyida borib o'rganilib, Inspektsiya vakolati doirasida hal etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasining Surxondaryo viloyat boshqarmasida ham tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Aytish joizki, bugun mamlakatimiz xalq xo'jaligining har bir tarmog'ida amalga oshirilayotgan islohatlardan ko'zlangan asosiy maqsad, yurt ravnaqi, vatanimizni yanada taraqqiy ettirib, xalqimizning turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Respublikamizning qishloq xo'jaligi tizimida ham keng qamrovli islohatlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan islohatlar o'z samarasini bera boshladi, ayniqsa muxtaram Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida Qishloq xo'jaligidagi islohatlar, yer maydonlari to'liq klaster va kooperatsiyalarga berilgani bois paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o'rtacha 5-10 sentnerga oshirish imkoni yaratildi.
Meva-sabzavotchilik, g'allachilik va chorvachilikda ham 500ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Buning natijasida pandemiyaning salbiy ta`siriga qaramasdan 1 milliard dollarlik meva-sabzavot maxsulotlari eksport qilindi. Bu yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki o'tgan yilga nisbatan 2 barobar ko'p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi. Tadbirkorlikni keng qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'plab imtiyoz va engilliklar berildi. Tadbirkorlik subyektlariga 100 trillion so'm yoki oldingi yillarga nisbatan qariyib to'rt barobar ko'p kreditlar ajratildi.
Bundan tashqari kambag'allikni qisqartirish, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” “Temir daftar”dagi kam ta`minlangan oilalarni temir daftardan chiqarish va qishloq aholisi daromadlarini yanada ko'paytirishda eng tez natija beradigan omil bu — qishloq xo'jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishdir. Bunda har gektar yerdan olinadigan daromadni xozirgi o'rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha etkazish ustuvor vazifa qilib qo'yiladi. Buning uchun qishloq xo'jaligida eng ilg'or texnologiyalar suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug'chilik ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozim.
Joriy yilda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar markazlari tashkil etilmoqda, ularda “Yagona darcha” tamoyili asosida ko'plab agroxizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yilmoqda. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, erning unumdorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod kredit va grant mablag'lari jalb qilinadi. Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlari 5 barobarga ko'paytirilib, 430 ming gektarga yetkaziladi, 90 ming gektar yangi yerlar o'zlashtirilishi, unda bog' va tokzorlar barpo etilishi borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta`minlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha umumiy reja 27622 gektar bo'lib, shundan 13076 gektar tomchilatib sug'orish, 112 gektar yomg'irlatib sug'orish rejalashtirilgan hamda 14434 gektar erni zamonaviy lazerli texnikalar bilan tekislashni qo'llashda viloyatda 795 ta fermer xo'jaliklari va klaster korxonalaridan iborat ro'yxat shakllantirilib, viloyat hokimining 2020 yil 15 dekabrdagi qarori ham chiqarilgan.
Viloyatda bugungi kungacha tomchilatib sug'orish texnologiyasi bo'yicha 16764 gektar maydonga rasmiylashtirilgan shartnomalarga asosan 9847 gektar maydon uchun jami 198,8 milliard so'm mablag' moliyalashtirilib, quruvchi-pudrat korxonalari hisobiga o'tkazilgan. Moliyalashtirilgan maydonlarga nisbatan hozirgi kunda 9662 gektar maydonda qurilish-montaj ishlari yakunlangan, 7992 gektar maydon uchun esa subtsidiya olish uchun hujjatlar tayyorlangan.
e'tiborlisi, Inspektsiyaning “Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi” tomonidan 2021 yilning noyabr` oyi xisoboti bo'yicha 400 ta ommaviy tadbirlar, 74 ta boshqa sohaga oid tadbirlar, jami 474 ta targ'ibot va tashviqot ishlari o'tkazilib, keng jamoatchilik hukmiga havola etilgani bu borada muhim o'rin tutmoqda.
Z.M.QULIYEV,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zagroinspeksiya”ning
Surxondaryo viloyat boshqarmasi bosh inspektori