«Husanov bu yil juda yaxshi o'yinlar o'tkazdi. Abduqodir normal adaptatsiya jarayonidan o'tdi. Mana endi natijalarini ko'ryapmiz. U juda kuchli, tezkor va yakkama-yakka kurashlarda g'olib chiqadi. endigina 22 yoshda. Ishonamanki, u «Siti»da uzoq yillar davomida to'p tepadi», — dedi Aguero City Xtra’ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov 2025 yilning yanvar oyida «Lans» klubidan 40 million evro evaziga «Manchester Siti»ga o'tgan edi. Bu mavsumda u barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushdi.