Qoʻshnichilik tamoyillariga qurilgan siyosatimiz bugun xalqlarimiz yuragiga koʻchganini koʻrish albatta quvonchlidir — Prezident

    Prezident barchamiz guvohi boʻlgan yana bir muhim jihatni aytib oʻtdi.

    Sportchilarimizning ulkan gʻalabalari nafaqat xalqimizni, balki butun mintaqamizni ruhlantirib yubordi. Bunday yutuqlar xalqlarimizni birdamlikka, har qanday sharoitda ham yelkama-yelka turishga chorlagani qalbimizni faxru gʻururga toʻldirdi.

    Ayniqsa, boks boʻyicha oʻzbek murabbiysi Akmal Hasanov qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek oʻgʻliga yordam berib, uni musobaqaning finaligacha borishida koʻmaklashgani mintaqamizdagi doʻstona munosabatning yorqin namunasi boʻldi.

    “Ahil qoʻshnichilik tamoyillariga qurilgan siyosatimiz bugun xalqlarimiz yuragiga koʻchganini koʻrish albatta quvonchlidir”, — dedi davlatimiz rahbari.