Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 9 175,4 ming soʻmni tashkil etdi.
Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 foizga oʻsdi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM (joriy narxlarda, ming soʻm);
Qoraqalpogʻiston R. – 5 868;
Andijon – 5 746;
Buxoro – 8 355;
Jizzax – 6 262;
Qashqadaryo – 5 773;
Navoiy – 26 025;
Namangan – 4 915;
Samarqand – 5 308;
Surxondaryo – 5 022;
Sirdaryo – 7 717;
Toshkent – 11 903;
Fargʻona – 5 266;
Xorazm – 5 814;
Toshkent sh. – 20 580.