Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 3 679,0 ming soʻmni tashkil etdi.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 116,1 foizga teng.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlarining oʻsish surʼati:

Qoraqalpogʻiston R. – 16,2 foiz;

Andijon – 20,2 foiz;

Buxoro – 19,6 foiz;

Jizzax – 13,7 foiz;

Qashqadaryo – 15,4 foiz;

Navoiy – 10,9 foiz;

Namangan – 15,1 foiz;

Samarqand – 16,1 foiz;

Surxondaryo – 17,0 foiz;

Sirdaryo – 22,7 foiz;

Toshkent – 14,0 foiz;

Fargʻona – 16,8 foiz;

Xorazm – 18,4 foiz;

Toshkent sh. – 16,2 foiz.