“Zoom” platformasi orqali tashkil etilayogan seminarlarda markaziy studiyalardan viloyat hokimlari, ularning tegishli oʻrinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha masʼul xodimlar ishtirok etishyapti.

Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari qatnashyapti.

Oʻquv seminarlar dvaomida videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan maʼruzachilar soʻzga chiqishmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov, “Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar”, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimlari Farhod Azizov “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish” hamda Sarvar Mamadiyev “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlari yuzasidan yigʻilish ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berib oʻtyaptilar.

Tashkil etilgan mazkur seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha amaliy koʻmak va koʻrsatmalar ham berilyapti.

Maʼruzalar bilan bir qatorda joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish boʻyicha hokimliklar qoshida “Tezkor shtab”lar tuzilyapti. “Tezkor shtab” rahbari viloyat hokimi boʻlib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Davlat Rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini taʼminlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazadi.

Shtablar tarkibiga mutasaddi tashkilotlardan buyruq asosida ijrochi xodim ajratilyapti. Shtabning ijro hujjatlarini elektron bazaga kiritish uchun 4 ta kompyuter va 4 ta printer hamda 4 ta xodima ajratildi. Tuzilgan dalolatnomalar boʻyicha maʼlumotlar Xalq qabulxonasiga va viloyat shtabiga oʻz vaqtida taqdim etilmoqda.

“Tezkor shtab” guruhi elektron bazasiga kiritish, korxonalar tomonidan qayta oʻrganilgan murojaatlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari boʻyicha kunlik maʼlumotlarni yigʻadi. Natijada ushbu koʻrsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari oʻrgangan holda hujjatlar yigʻib boriladi.

Bugungi kunga qadar oʻquv seminarlar Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida boʻlib oʻtdi.