Umumiy maydoni qariyb 4 ming gektar boʻlgan yangi shaharning bosh rejasiga koʻra, u 1439 gektar turli qurilmalar, yaʼni uy-joy, savdo maskanlari va kichik sanoat zonasi, 1820 gektar yashil hudud, 223 gektarlik xizmat koʻrsatish hududi va 499 gektar yoʻllardan iborat boʻladi.
Eʼtiborlisi shundaki, bu massiv aholi uylari boʻlmagan, qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boʻsh maydonda barpo etiladi. Turar joy massivi qurilishi natijasida 411 ming nafar aholi yashashi mumkin boʻlgan yangi shaharcha paydo boʻladi.