Aniqlanishicha, Shahrixon tumanlararo pochta aloqa bogʻlanmasi tarkibidagi “Qoziqoʻrgʻon” aloqa boʻlimi boshligʻi D.A. va boshqalar fuqarolardan kommunal toʻlovlari uchun qabul qilingan 69,8 mln soʻm naqd pulni hisob-raqamiga kirim qilmasdan, balki oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 11,4 mln soʻmi undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti