Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Angren, Nurafshon, Olmaliq shaharlari, Piskent, Oʻrtachirchiq va Yangiyoʻl tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan 6 ta MCHJ oʻrtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tuzilgan hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritilib, amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali jami 493,8 mln soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.