Bunda sotuvlarning 79,2% - birja savdolari; 0,3% - koʻrgazma-yarmarka savdolari; 20,3% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 729,6 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 58,7 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 148 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,9 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 8,1% ikkinchi; 6,9% uchinchi; 7,5% toʻrtinchi; 20,9% beshinchi va 50,7% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 255,1 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:

Paxta yogʻi

Oʻtgan haftada birja savdolarida 2 440,0 tonna paxta yogʻi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 161 xaridor ishtirok etdi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 488,0 tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 18 051,4 ming soʻmdan 17 190,3 ming soʻmgacha, yaʼni 4,8% ga pasayganini taʼkidlash lozim.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 3 985,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va ulardan 100,0% qismi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 209 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 551,7 ming soʻmdan 5 370,9 ming soʻmgacha, yaʼni 3,3%ga pasaygan.

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 5 677,2 ming soʻmni tashkil etdi.

Paxta tolasi

Oʻtgan haftada birja savdolarida 8 749,0 tonna paxta tolasi qoʻyildi va undan 6 995,0 tonnasi, yaʼni 80,0% qismi sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 1 399,0 tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 36 858,0 ming soʻmdan 35 185,3 ming soʻmgacha, yaʼni 4,5% ga pasayganini taʼkidlash lozim.

AI-80 markali avtomobil benzini

Shuningdek, OʻzRTXB axborot xizmatining bergan xabariga koʻra, joriy yilning soʻnggi oylarida Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining AI-80 markali avtomobil benzini bozorida talab va taklifning nomutanosibligi kuzatilmoqda.

Xususan, joriy yil yanvar oyida sotuvchi korxonalar har kuni birja savdolariga oʻrtacha 4 307 tonna AI-80 markali benzinini qoʻyib kelishgan boʻlsa, may oyida ushbu koʻrsatkich 3 022 tonnagacha (30% ga) pasayib ketgan.

Shu jumladan, joriy yil may oyining oʻtgan davrida “Buxoro NQIZ” MCHJ tomonidan birja savdolariga mahsulot qoʻyish hajmlari aprel oyining mos davriga nisbatan 15% ga pasaygan.

Shu bilan birga, ayni paytda birja savdolariga qoʻyilayotgan benzin toʻliq hajmda sotilmoqda. Bu, oʻz navbatida, ushbu mahsulotga boʻlgan talab yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan birjaning mazkur segmentida kichik tebranishlar kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yil may oyida AI-80 markali benzinning birjada shakllangan oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 208,9 ming soʻmdan 8 345,1 ming soʻmgacha, yaʼni 2% ga koʻtarilgan.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirilishicha avtomobil benzinning bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.