Ushbu mahsulot “Fargʻona NQIZ” MCHJ tomonidan soʻnggi paytlarda zavodda yoʻlga qoʻyilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida oʻzlashtirildi, deya xabar qiladi “Fargʻona NQIZ” Matbuot xizmati.
Soʻnggi ikki oy ichida “FNQIZ”da “YEVRO-4” standartidagi dizel yoqilgʻisi va B-92 markali yuqori oktanli aviatsiya benzini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Zavodda ilgari ishlab chiqarilayotgan AI-95 markali yuqori oktanli avtomobil yoqilgʻisiga keladigan boʻlsak, “FNQIZ” mutaxassislari uning yangi formulasida faqatgina gidrokatalitik jarayonlarning tarkibida oltingugurt miqdori kam boʻlgan sifatli birikmalardan foydalangan boʻlib, ular ish rejimi va atrof-muhit haroratidan qatʼiy nazar dvigatellarning normal ishlashini taʼminlaydi.
Respublikasi Tovar-xom-ashyo birjasi orqali savdoga qoʻyilgan AI-95 benzini xossalari yana-da yaxshilangan va chiqindi gazi bilan zaharlanish darajasi past boʻlgan oliy navli benzin sirasiga kiradi.
Yangi ishlanmalar ustida ishlash va “Fargʻona NQIZ”ni modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.