Insidethegames.biz saytining yozishicha, MustaxsanButunjahon boks assotsiatsiyasi(WBA) bilan olib borgan muzokaralari AIBAni, umuman boks sportini Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi(XOQ)dagi oʻrniga xavf solmoqda. Professional boks tashkiloti (WBA)bilan olib borilgan bu muzokaralar kelajakda havaskor bokschilar tashkilotining yoʻqolib ketishiga olib kelishi ehtimoldan yiroq emas.
Gezgech Mustaxsanni AIBAning oldingi rahbariyatini MOQ bilan kelishmovchiliklarga “yoʻnaltirish” ishlarida ayblab, “AIBAni moliyaviy inqirozlarga olib borish ishlari Moskvada boshlangan”ligini taʼkidlagan. Shuningdek, AIBAning WBAga yaqinlashishi boksning jahondagi va olimpiya oilasidagi oʻrni uchun xavfli manzara kasb etishini va oxir-oqibat jahonda havaskor bokschilarning yagona sport tashkiloti boʻlgan AIBAni “hayot sahnasidan” olib tashlanishiga olib kelishi mumkinligini bildirgan. Agar vaziyat shu tarzda, yaʼni Mustaxsan boshchiligidagiAIBA WBA “pinjiga” kirishni davom ettirsa Gezgech yetakchiligidagi qarama-qarshi tomon ularni kerakli doiradagi sudga berishini aytgan oʻz xatida.
Oʻz navbatida AIBAning vaqtincha rahbari Mustaxsan Turkiya boks federatsiyasi yetakchisining maktubiga eʼtiroz bildirib, WBA bilan yaqinlashish, hamkorlik qilish boksning olimpiya oʻyinlaridagi oʻrniga hech bir jihatdan taʼsir etmasligi, AIBAning oldingi rahbariyati, xususan Gʻofur Rahimov faoliyati bilan bogʻliq masalalarga aloqasi yoʻqligini keltirib oʻtgan. Shuningdek, Eyyulning bu xatti-harakati boksning olimpiya oilasidan chiqib ketishiga olib kelishiga sabab yaratayotganligini taʼkidlagan.
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritadigan Insidethegames.biz saytida keltirilgan ushbu “yozishma-maktublarning” qay darajada taʼsir kuchiga ega ekanligini voqealar rivojida kuzatib boramiz.
Ammo bugun dunyoning barcha boʻgʻinlaridagi faoliyat turlari koʻp hollarda onlayn olib borilayotganligini, shu bilan birga AIBA prezidentligi uchun saylovlar joriy yil dekabr oyiga moʻljallanganligini inobatga olsak qarama-qarshi qutblarning munozaralari davom etadigan koʻrinadi.
Toʻlqin ROʻZIYEV.