Air Arabia ilk bor Namanganga parvozlarni yo'lga qo'ydi

    Transport 28 Noyabr 2022 610

    28-noyabr kuni Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor Air Arabia aviakompaniyasining samolyoti kelib qoʻndi.

    Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

    Namangan – Sharja yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Namangan aeroporti va Air Arabia aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 170 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish jarayonini boshlab berishdi.

    Eslatib oʻtamiz, Air Arabia Sharja va Namangan oʻrtasida muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda. Parvozlar qulay A-320 samolyotlarida muntazam ravishda, haftasiga uch marta amalga oshiriladi - Namangandan uchish dushanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan.

    Air Arabia - shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arzon aviakompaniya boʻlib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek, Marokashdagi toʻrtta aeroportdan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarga yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanadi.