Bu haqda “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yoʻnalishi boʻyicha C6-351 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytmoqda.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yoʻnalishi boʻyicha HY-333 reysi ham joʻnab ketish aeroportiga qaytmoqda.
Reyslarning ortga qaytarilishi BAA havo hududining qisman yopilishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.