Toshga oʻyib solingan ushbu tasvirlar noyob boʻlib, yurtimiz tarixini oʻrganishda qimmatli ahamiyat kasb yetadi. Xususan, 1957-yilda arxeolog G.V.Parfenov ushbu petrogliflarni oʻrganib chiqib, bronza davrida hayot kechirgan qadimgi odamlar hayotiga oid ayrim tafsilotlarni tiklashga muvaffaq boʻlgan.

Afsuski, hozirda ushbu noyob qadimiy tasvirlarga jiddiy shikast va zarar yetkazilgan. Bejizga biroz vaqt muqaddam madaniy meros obyektlari himoyasi uchun ishonch telefonlari joriy etilmagan edi.

Madaniy meros agentligi barcha yurtdoshlarimizdan tariximizga oid obidalar, tasvirlar va arxeologik obyektlarni asrashga chaqiradi.

Unutmang, ajdodlarimizdan qolgan bu merosdan avlodlarimiz ham bahramand boʻlishi lozim!