E. Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yoʻlining eski va yangi yoʻnalishlarini oʻrganib chiqqan. Xususan, Shimoliy Baqtriya hududida tadqiqot olib borgan olim Kampirtepaning noyob qadimiy yodgorligini topishga muvaffaq boʻlgan.
U 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir. Besh yuzdan ziyod ilmiy maqolasi Oʻzbekiston, Rossiya, Italiya, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan. Olimning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.
E. Rtveladze Beruniy nomidagi davlat mukofoti, texnika sohasidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.